Germaniya hukumati noqonuniy migrantlar oqimini kamaytiriş maqsadida 16 sentabrdan boşlab mamlakatning barça quruqlik çegaralarida vaqtinçalik nazorat joriy etiş töğrisidagi qarorni e’lon qildi. Bu haqda Germaniya içki işlar vazirligiga tayanib AP xabar berdi.
«Vazirlik Yevropa Ittifoqini olti oy muddatga Fransiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Belgiya va Daniya bilan quruqlikdagi çegaralarda çegara nazoratini joriy etiş qarori haqida xabardor qildi», deyiladi agentlik xabarida.
«Biz aniq çora-tadbirlar orqali içki xavfsizligimizni mustahkamlayapmiz va noqonuniy migratsiyaga qarşi qat’iy pozitsiyani egallaşda davom etmoqdamiz», dedi Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer.
Avvalroq Germaniya Polşa, Çexiya, Avstriya va Şveytsariya bilan çegaralarida ham nazorat joriy qilgan edi.
Germaniya Şengen zonasining bir qismi bölib, uning a’zolari içki çegaralarda çegara nazoratini bekor qilgan. Biroq, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, uşbu nazoratni vaqtinça qayta tiklaşga ruxsat beriladi.








