Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği, polkovnik Abdunabi Nosirovning yöllardagi qoidabuzarliklar haqida ötkazgan majlisi videolari tarqaldi.
«Hozirgi bor kuçimiz bilan işlayapmiz, mana maktablarga boradi. Köproq YTH sodir bölsa jönatamiz, muhokama qilamiz. Mana şaharda Çor-guzardagi 10-maktab 3 marta internetda çiqdi. Men özim bordim. Öşa yerda sun’iy dönglik qilib berdik.
Keyin öşa joyda bitta tajriba qildik. Xodim qöydim, öşa joyda qizil çiroqda ötgan şopirni olib, ertalab «lineyka»ga olib bordim. Hamma bollarni çaqirib, «mana keça qizil çiroqda ötgan iplos şopir, mana şu qarğanglar, deb öqituvçilar bilan… Mana şu maktabda. Qizilda ötadimi, 2-3 tani (haydovçini) olib, ertalab lineykasiga olib boraman-da… Direktor, öqituvçi hammasi opa ekan, ayol kişilar. Men özim ham borganman.
Yana yangi Andijondan çiqişda 54-maktab ham bor ekan, 1-maktab mana hozir rejalaştirilyapti… [direktori] erkak kişi, oçkilik… Şuning uçun mana şunaqa holatlar bölsa, özim erinmasdan boraman, özim taşkil qilaman. Öşa Çor-guzardagi maktabda şunaqa qilib 3-4 kun olib çiqdik [ haydovçilarni ], ança kamaydi. Körgan bölsangizlar qarama-qarşi yönalişda keladi damasçilar. Endi pulni orqasidan quvib, uyoqdan ötadi, buyoqdan ötadi. Neçta bolaçalarni urib ketdi», deya polkovnik Abdunabi Nosirovning sözlarini keltirmoqda Vodiy1.uz naşri.








