“Tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşirişda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2025 yil 1 yanvardan:

- yer fondining barça toifalari va yer turlari, şu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan yer uçastkalari uçun yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş turlari joriy etiladi;
- yer uçastkasidan ruxsat etilgan foydalaniş turi Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan Yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş turlari va kapital quriliş obektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, şartli ravişda ruxsat berilgan va yordamçi turlarda belgilanadi;
- şartli ruxsat etilgan foydalaniş turi uçun ruxsatnoma olişga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obektlariga qöşimça yuklamani kompensatsiya qiliş şarti bilan yöl qöyiladi;
bunda uşbu tölovlar Toşkent şahrida 2027 yil 1 yanvargaça huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan quriliş hajmining har bir kub metri uçun undiriladigan tölovlar şaklida olinadi;
- Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi (qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar böyiça) hamda Qişloq xöjaligi vazirligi (qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar böyiça) ruxsat etilgan foydalaniş turini belgilaş va özgartiriş masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.