Yaponiyada rafiqasiga kuniga 100 martaça qönğiroq qilib, bir oğiz ham gapirmagan erkak qölga olindi. Bu haqda Sora News xabar bermoqda.

Ayolga notaniş raqamdan muntazam qönğiroqlar böla boşlagan. Göşakning narigi tomonidagi odam gapirmasdan, faqat çuqur nafas olardi. Naşrning xabar berişiça, asta-sekin qönğiroqlar soni kuniga 100 tagaça yetgan.

Biroz vaqt ötgaç, ayol politsiyaga yordam sörab murojaat qildi. Tergov davomida şubhali qönğiroqlar manbasi uning turmuş örtoği ekani ma’lum böldi. Şundan söng erkak ta’qib qilişda ayblanib hibsga olindi.

U qönğiroqlar paytida sukut saqlaş orqali rafiqasiga bölgan muhabbatini ifodalaşga uringanini tuşuntirdi. Erkak şu yöl bilan öz tuyğularini namoyon etmoqçi bölgan. Politsiya xodimlari bunday holatga ilgari heç duç kelmaganini ta’kidlamoqda.

Eslatib ötamiz, 2024 yil birinçi yarmida Yaponiyada 40 mingga yaqin odam öz uyida yolğiz vafot etgani xabar berilgandi. Ularning 4 mingga yaqini ölimidan bir oy ötib topilgan, 130 nafar odamning ölimi bir yil davomida aniqlanmagan. BMT ma’lumotlariga köra, Yaponiya hozir dunyodagi eng keksa aholiga ega.