Kun tartibidan taşkilot boş direktorning yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida amalga oşirilgan işlar töğrisidagi hisoboti, agentlikning yadro fani va texnologiyalar bilan boğliq faoliyatini yanada samarali qiliş kabi muhim masalalar muhokamasi örin oldi.

Özbekistonning Venadagi xalqaro taşkilotlar huzuridagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov öz ma’ruzasida, sönggi yillarda AEXA bilan yaqin hamkorlikda erişilgan ijobiy natijalar, jumladan, yadro xavfsizligini oşiriş, tinç yadroviy texnologiyalarni rivojlantiriş va inson resurslarini mustahkamlaş böyiça loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilayotganini ta’kidladi. Taşkilotning milliy infratuzilmani modernizatsiya qiliş va mutaxassislar tayyorlaşda Özbekistonda atom sanoatini yanada rivojlantiriş sohasiga körsatayotgan kömagiga alohida e’tibor qaratildi.

Boşqaruv kengaşi yillik boş konferensiya bilan bir qatorda AEXA ikki boşqaruv organidan biri hisoblanadi. Kengaş öz majlislarida, jumladan, boş direktorning agentlik faoliyati töğrisidagi yillik hisobotlarini körib çiqadi va ularni boş konferensiyaga tasdiqlaş uçun tavsiya qiladi.