Bundan buyon Hukumatdan tortib tuman taşkilotigaça barça böğindagi rahbarlarning kundalik işi oilalarni kambağallik şaroitidan olib çiqiş bölişi kerak, dedi prezident Şavkat Mirziyoyev 11 sentabr kungi selektorda.

Davlat rahbari mutasaddilarni bu borada nazorat ham, sörov ham qattiq bölişi haqida ogohlantirdi.

Boş prokurorning sohaga oid qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan nazorat uçun mas’ul alohida örinbosari tayinlandi.

U har hafta kamida bitta tumanga borib, kambağal oilalarni reyestrga kiritiş va çiqarişning haqqoniyligini örganadi, kambağal oilalarga berilayotgan mablağlar egasiga manzilli yetib borişini nazorat qiladi.

Bundan taşqari, boş vazir örinbosari boşçiligida kambağallikni qisqartiriş masalalari bilan şuğullanuvçi komissiya tuzilişi belgilandi. Ijtiimoiy himoya agentligi direktori unga örinbosar böladi.

Viloyat va tuman komissiyalariga hokimlar boşçilik qiladi.

Komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi işlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda kötarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi. Kambağallikni qisqartiriş böyiça rejalar ijrosi yuzasidan har oyda prezidentga axborot kiritadi.

Şuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari ham ilmiy yondaşuvlar asosida kambağallikni qisqartiriş masalalari bilan şuğullanişi belgilandi.

Yiğiliş davomida mutasaddilarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari va rejalari tinglandi.