Özbekistondagi har bir kambağal oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bölişi uçun şaroit yaratiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Davlat rahbarining sözlariga köra:

  • oliygoh, kollej va texnikum talabalarining özlaştiriş körsatkiçi kamida 80 foiz bölsa, ularga keyingi öquv yili uçun foizsiz ta’lim krediti beriladi;
  • oliygoh, kollej yoki texnikumga kirişda grant uçun yetarli ballning 80 foizini töplagan kambağal oila farzandlariga qöşimça grant ajratiladi.

Bundan taşqari, moliyaviy mustaqil bölgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard sömlik grant e’lon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni özlaştirişidan kelib çiqib, kambağal oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgaça qismi qoplab beriladi.

Kambağal oilalar farzandlarini boğça, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olişini taşkil qiliş, ularga har tomonlama kömak beriş masalalarini muvofiqlaştiriş Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.