“Kambağallikni qisqartiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasidagi qonunçilikka rioya etilişi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonga köra:

  • Kambağallikni qisqartiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasidagi qonunçilikka rioya etilişi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bölgan boş prokuror örinbosari lavozimi kiritiladi;
  • Boş prokuraturaning taşkiliy-ştat tuzilmasida 7 ta ştat birligidan iborat Kambağallikni qisqartiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasida qonunçilik ustidan nazorat boşqarmasi taşkil etiladi;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar prokuraturalarida jami 28 ta ştat birligidan iborat Kambağallikni qisqartiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasida qonunçilik ustidan nazorat bölinmalari taşkil etiladi.

Yangi kiritilayotgan boş prokuror örinbosari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

- har haftada kamida bitta tuman(şahar)ga borib, kambağal oilalarni reyestrga kiritiş va çiqarişning haqqoniyligini örganiş;
- kambağal oilalarga berilayotgan mablağlar egasiga manzilli yetib borişini nazorat qiliş;
- kambağallikni qisqartiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan mas’ullarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlaş;
- ijtimoiy himoya va kambağallikni qisqartiriş sohasida qabul qilinayotgan qonunlar talablari, prezidentning farmon va qarorlarida belgilangan topşiriqlar ijrosini nazorat qiliş.