Ukraina hukumati sönggi oylar mobaynida bunday taqiqni olib taşlaşni sörab kelayotgandi, seşanba kuni keçqurun esa jurnalistlar Baydendan u bu çeklovni bekor qilişga qançalik tayyorligi haqida söraşdi.

«Biz ayni vaqtda buning ustida işlayapmiz», — deya javob qaytargan prezident.

Amerika qurollari Kiyevga yetkazib berilişi boşlanganida Vaşington nafaqat mintaqada, balki butun Yevropada xavfli keskinlik yuzaga kelişi mumkinligidan xavotirlanib, raketalar bilan Rossiya içkarisiga zarba berişni taqiqlagandi.

Faqat RF armiyasi Xarkiv oblastiga ikkinçi bor bostirib kirganida AQŞ Kiyevga Rossiyaning çegaraga yaqin hududlardagi nişonlariga zarba yöllaşga rozilik bergandi.

Kremldagilar hozirça Baydenning yangi bayonotiga munosabat bildirmadi, ammo Rossiya rasmiylari odatda bu borada imkon qadar qat’iyroq bayonot berişga va bu bilan ğarbning pozitsiyasiga ta’sir ötkazişga harakat qilişadi.

Rossiya davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin öz telegram-kanalida Zelenskiy öz ittifoqçilaridan uzoq masofaga harakatlanuvçi qurollar yetkazib berişni sörab, ular bilan raketalarni Rossiyadagi nişonlarga qöllaşni muhokama qiliş orqali uşbu mamlakatlarni Ukrainadagi uruşning töğridan töğri iştirokçisiga aylantirayotganini yozgan.

«Bularning barçasi mamlakatimiz öz fuqarolarini himoya qiliş uçun yanada kuçliroq va vayronkorroq qurollardan foydalanib, javob qaytarişga majbur bölişiga olib keladi», — degan Volodin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham joriy yil boşida Ukrainaning Rossiya böylab ğarb raketalari bilan zarba berişi keng kölamli uruşga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirgandi.

«Doimiy eskalatsiya jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin, — dedi u may oyida. — Ular global mojaroni istaşyaptimi?»

Oq uy taqiqni olib taşlaş masalasini körib çiqişga tayyorligi aynan nima bilan boğliqligiga aniqlik kiritilmagan.

Ammo, ekspertlar fikriça, Vaşington yangi çaqiriqlar va tahdidlarga reaksiya qilişga majbur bölmoqda — Rossiya qöşinlari frontning turli uçastkalarida faollaşuvi hamda Eron ballistik raketalari Rossiyaga yetkazib berilişi şular jumlasidan. Aynan şu Bayden ma’muriyatini avvalgi qarorlarni qayta körib çiqişga undayotgan bölişi mumkin.

Tahlil: gap aynan qanday qurollar haqida bormoqda va uzoq masofali raketalar frontga qanday ta’sir qilişi mumkin