11 sentabr kuni bölib ötgan elektron auksionda “Elektrtarmoqquriliş” AJning Çirçiq metall tuzilmalar zavodi bino va inşootlari sotildi.
Kimoşdi savdosi 24 daqiqa davom etdi. Unda 39,9 mlrd söm (boşlanğiç bahodan 5 foiz yuqori) narx taklifini bergan “UET Construction” MÇJ ğolib deb topildi. Savdo vaqtida bu korxonadan boşqa iştirokçilar taklif bermadi.
Obekt Toşkent viloyati Çirçiq şahri Transformatorçilar köçasida joylaşgan bölib, 4,6 gektar maydonni egallagan. E-auksion ma’lumotiga köra, zavod barça asbob-uskunalari, avtotransport vositalari, temiryöli va teplovozi bilan kompleks ravişda sotuvga qöyilgan.
Investor obektning sotilgan yakuniy narxidan 50 foizi miqdoridagi summani 10 kun mobaynida tölaşi, qolgan qismini 6 oy muddat içida tölaşi kerak.
Oçiq ma’lumotlarga köra, auksion ğolibi “UER Construction” MÇJ 2023 yil aprel oyida Toşkent şahrida taşkil etilgan. Ustav kapitali – 1 milliard 245 million söm bölib, u korxona muhandislik inşootlari qurilişi bilan şuğullanadi. Ta’sisçisi – Haydarxonov Akmalxon A’zamxon öğli.
Çirçiq metall tuzilmalar zavodi 2023 yil aprel oyida bölib ötgan kreditorlar umumiy yiğilişi qarori asosida joriy yil may oyida kimoşdi savdosiga qöyilgan.
Avvalroq spirt işlab çiqaruvçi Andijon biokimyo zavodining 96 foizlik davlat uluşi 101,3 mlrd sömga Jasmine Gold Group'ga sotilgan edi.








