Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Ğazo sektori janubidagi Rafah şahrida joylaşgan HAMAS brigadasini tor-mor etdi va uning 2308 nafar jangçisini yöq qildi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.
«Rafah brigadasi mağlub etildi. Uning törtta batalyoni yöq qilindi va biz şahar hududini nazorat qiliş operatsiyasini yakunladik», dedi general Itsik Koen jurnalistlarga.
Uning qayd etişiça, harbiy muhandislar bir-biriga boğlangan 203 ta yer osti tunnelini ham aniqlagan. Ular Misrdan Filadelfiya koridori - Ğazo sektorining Misr bilan çegara çiziği orqali Rafahgaça çözilgan. Generalning qayd etişiça, harbiylar ötiş yölaklarining köpini vayron qilgan. TsAHAL şuningdek, Misr çegarasi ostidan ötgan töqqizta yölakni aniqladi, ammo ular allaqaçon kömilib ketgan edi.
TsAHAL ma’lumotlariga köra, HAMAS birinçi navbatda Filadelfiya koridoridagi tunnellardan qurol olib ötiş uçun emas, balki uzoq masofaga uçuvçi raketalarni saqlaş uçun foydalangan. HAMAS Misr çegarasiga yaqin joylarda raketalarni atayin örnatgan, çunki Isroil misrliklarga jarohat yetmasligi uçun bu joylarga zarba bermasligini bilgan.
Şu bilan birga, TsAHAL fikriça, HAMAS qurol-yaroğining katta qismini yer osti tunnellari orqali emas, balki Rafah nazorat punkti orqali olgan.













