Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan, içki işlar vaziri Ali Yerliqoya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalin bilan uçraşdi.

Prezidentning joriy yil 6-7 iyun kunlari Turkiyaga qilingan rasmiy taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Bugun ikki davlat vazirlari va idoralari rahbarlari ötkazgan qöşma uçraşuvning samarali natijalari yuqori baholandi. Qabul qilingan «yöl xaritasiga» muvofiq muntazam va tizimli aloqalarni davom ettiriş, bunday muzokaralar formati va kun tartibini kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.

Siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari suriş masalalari muhokama etildi. Xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş va qöşma tadbirlar ötkazişga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro taşkilotlar doirasidagi şeriklikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almaşildi.