Özbekistonning Bangkok şahridagi Boş konsulxonasi ma’lumotiga köra, toşqinda suv sathi 1 metrga yetdi va u juda kuçli oqimni yuzaga keltirdi.
Kuçli yomğir va undan keyingi suv toşqini Tailand şimolida ikkita köçkiga sabab böldi. Köçki oqibatida 6 kişi halok böldi va 9000 ga yaqin xonadon seldan jabr kördi.
Tailand vakolatli idoralari tomonidan suv toşqinidan jabr körgan hududlarda, xususan, Tailand-Myanma çegarasidagi Say daryosi yaqinida aholiga ehtimoliy evakuatsiyaga tayyorgarlik köriş tavsiya qilingan.
Tailandning tabiiy ofat kuzatilgan hududlarida yaşovçi va mehnat faoliyatini olib borayotgan Özbekiston fuqarolari va ularning oila a’zolari orasidan suv toşqini va köçki natijasida jabr körganlar aniqlanmadi.








