Apple ta’mirlaş vaqtida öğirlangan qurilmalarning ehtiyot qismlari örnatiladigan telefonlarni bloklaşni boşlaydi.

Yangi funksiyaga 16 sentabr kuni taqdim etiladigan iOS 18 operatsion tizimi ega böladi. Foydalanuvçining akkauntiga endi iPhone qurilmasidagi akkumulyator, kamera, ekran kabi ehtiyot qismlar seriya raqamlariga oid ma’lumotlar ham biriktiriladi.

Activation Lock yoki Lost Mode funksiyalari faollaştirilgan bölsa, ta’mirlangan qurilma yoqilgan vaqtda unga örnatilgan ehtiyot qism öğirlangan ekani aniqlanadi va foydalanuvçidan parolni kiritiş talab etiladi.

iOS 18 operatsion tizimi 20 sentabrdan sotuvga çiqadigan iPhone 16 seriyasidagi yangi modellarga örnatiladi.

Eslatib ötamiz, 9 sentabr kuni It’s Glowtime taqdimoti doirasida Apple yangi smartfonlarini taqdim etgandi: iPhone 16, iPhone 16 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max.