Şimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi davlat agentligi mamlakat yetakçisi Kim Çen In Yadroviy qurollaniş institutiga taşrif buyurib, «yadro zaryadlarini işlab çiqariş holati» bilan tanişganini ma’lum qildi.

Hisobotga köra, şuningdek, u «uranni boyitiş böyiça bazaning boşqaruv punktini közdan keçirgan» va işlab çiqariş jarayonini boşqariş bilan tanişgan.

Koreya Markaziy telegraf agentligi Kim Çen Inning taşrifdagi suratlari bilan ham bölişdi. Reuters agentligining yozişiça, KXDR ilk bor yadroviy bombalar uçun yonilği işlab çiqariladigan sentrifugalar suratini e’lon qilmoqda. «Suratlarda Kim Çen In uranni boyitişga möljallangan qurilmalar — uzun metall sentrifugalar qatori oralab sayr qilgani tasvirlangan. Hisobotda taşrif qaçon amalga oşirilgani va obekt qayerga joylaşganiga aniqlik kiritilmagan», — deb yozadi Reuters.

CNN bilan suhbatlaşgan ekspertlar Kim Çen Inning zavoddagi suratlari «Şimoliy Koreyaning yadroviy davlat maqomiga işonçi ortib borayotganini» ta’kidlamoqda.

Suratlarda tasvirlangan sentrifugalar avvalroq KXDRda foydalanilganlaridan kiçikroq ekani aytilmoqda. Janubiy Koreyadagi yadroviy muhandislik böyiça ekspert Li San Gyuning taxminiça, Şimoliy Koreya öz sentrifugalarini yaratgan bölişi mumkin.

CNN’ning qayd etişiça, Koreya Markaziy telegraf agentligi zavod joylaşgan hududni e’lon qilmagani bois suratlarda xalqaro kuzatuvçilarga ma’lum obekt tasvirlanganmi yoki bu yangi obektga tegişlimi — noma’lumligiça qolmoqda. Ta’kidlanişiça, norasmiy ma’lumotlarga köra, KXDRda uranni boyitiş böyiça bir neçta obekt mavjud.