AQŞ Harvard universitetida navbatdagi Şnobel mukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötdi. Nobel mukofotiga parodiya sifatida taşkil qilingan sovrin «avval kuldiradigan, keyin esa öylantiradigan» tadqiqotlar uçun beriladi. Bu haqda The Guardian yozdi.

Şnobel Tinçlik mukofotiga marhum amerikalik psixolog Byorres Skinner loyiq körildi: u raketalar içiga kabutarlarni joylaştirişni va ulardan nişonga oluvçi sifatida foydalanişni taklif qilgan. Ötgan asrning 40-yillarida u quşlar uçun jabduqlar ixtiro qildi va ularga ekrandagi nişonlarni «çöqişni» örgatdi. Ba’zi muvaffaqiyatlarga qaramay, loyiha oxir-oqibat yopildi.

Oksford universitetidan doktor Saul Nyuman demografiya böyiça mukofotga sazovor böldi. U yuz yoşga tölganlarning aksariyati byurokratik xatolar tufayli şunday bölganini aniqladi. Çunki ular yaşagan joylarda tuğilganlik va ölim haqidagi guvohnoma berişda xatoga yöl qöyilgan.

Anatomiya böyiça mukofot fransuz şifokorlariga berildi. Ular Yer janubiy yarimşaridagi odamlarning soçi köpinça soat mili yönalişi böyiça, Şimoliy yarimşarda esa soat miliga teskari yönalişda jingalak bölişini aniqladi.

Ölik forel baliği hatto oqimga qarşi ham suzişi mumkinligini isbotlagan olimlar fizika böyiça Şnobel mukofotini olişdi. Bu daryo oqimi böylab silindrsimon tösiq uçrasa, uning orqasidagi girdobli yölak tufayli sodir bölişi mumkin. Uşbu tadqiqot Harvardda ön yildan köproq vaqt davomida olib borildi.

Amsterdamlik olimlar kimyo böyiça mukofotga sazovor böldi: ular mast çuvalçanglarni huşyorlaridan ajratişni örganişdi. Tibbiyot sohasidagi mukofot nojöya ta’sirga ega bölgan soxta dori vositalarining nojöya ta’siri bölmagan platseboga qaraganda samaraliroq ekanligini aniqlagan olimlarga berildi.

Amerikalik Jyeykob Uayt va germaniyalik Felipe Yamaşita botanika böyiça mukofotga sazovor böldi. Ular ba’zi tirik ösimliklar yaqin atrofdagi sun’iy gullarning barglari şakliga taqlid qila olişini isbotladi.

Yevropaning bir qança mamlakatlari olimlari osmonga otilgan tanga avval qanday yotgan bölsa, köpinça şu tomonga tuşişini isbotladi va ehtimollar nazariyasi sohasida mukofotga sazovor böldi. Tajribalar davomida 48 kişi taxminan 351 ming marta tanga uloqtirgan.

Nihoyat, yapon olimlariga fiziologiya böyiça mukofot berildi: ular çöçqa va kemiruvçilar anus orqali nafas olişini aniqladi. Ular tadqiqotni 2021 yilda, COVID-19 pandemiyasi davrida e’lon qildi va bu nafas oliş yetişmovçiligidan aziyat çekayotgan odamlarga yordam berişiga umid qilişdi.