Şnobel mukofoti (Ig® Nobel Prize) har yili dastlab «kulgi uyğotadigan, keyin esa öylaşga undaydigan» kaşfiyotlar uçun beriladi, deyiladi taşkilot saytida.

Biomexanika böyiça Şnobel mukofoti Matilda Brindl, Ketrin Talbot va Styuart Uestga çumolilar, quşlar, oq ayiqlar va odamlar misolida öpişning aniqroq taʼrifini işlab çiqiş uçun berildi. Ular yirik primatlarning aksariyati u yoki bu şaklda öpişadi, degan xulosaga kelişdi.

Iqtisodiyot böyiça Şnobel mukofoti Pol Pif, Deniyel Stankato, Stefan Kote, Rodolfo Mendosa-Denton va Deçer Keltnerga yuqori ijtimoiy sinfga mansub odamlar köpinça bolalar zaxirasidan konfet olişi va boşqa axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etişi haqida dalillar töplaganligi uçun berildi.

Kimyo böyiça Şnobel mukofoti Sançari Banerji, Natan Kussens, Fransua-Ksave Gall, Nitiş Satyanarayanan, Jandhyam Şrikant, Koiçiro Yagi, Jeyms Grey, Stiven Tobe, Barbara Stey, Leonard Çavas va Subramanyan Ramasvamiga tirik tuğuvçi suvarak sutidagi oqsillar sigir sutidagi oqsillaria qaraganda uç baravar köp energiyaga ega ekanini aniqlagani uçun berildi.

Tibbiyot böyiça Şnobel mukofoti vafotidan söng Tokuji Unnoga «Qanday qilib burun qoqiş kerak - burun qoqişning aerodinamik tadqiqoti» ilmiy işi uçun berildi. Marhum doktor Unno nomidan mukofotni uning hamkasbi doktor Miki Takaxara oldi.

Biologiya böyiça Şnobel mukofoti Joau Migel Alves-Nunes, Adriano Fellone, Selma Mariya Almeyde-Santos, Karlos Roberto de Medeiros, Ivan Sazima va Otavio Augusto Vuolo Markesga zaharli ilonlar tanasining turli qismlarini ehtiyotkorlik bilan bosib, tajribani turli haroratlarda va kunning turli vaqtlarida qayta-qayta takrorlaganligi uçun berildi.

Fizika böyiça Şnobel mukofoti Rendi Xyord, Çjao Pan, Ted Traskott va Kavişan Turairajaga saçramaydigan siydik idişini yaratiş böyiça nazariy va eksperimental urinişlari uçun berildi. Ular prototiplarni yaratdi va ularni mavjud modellar bilan soliştirdi. Bir neça yuzlab tajribalar ötkazildi.

Texnologiya böyiça Şnobel mukofoti Jastin Puma, Çjen Yan, Evan Jonston, Szixin Çjan, Syaoi Lan, Linji Çjan, Xunyuy Xou, Szixin Xe, Ali Afifi, Megan Krayton, Szyanyuy Li va Çanxun Saolarga çivin xartumlarini 3D bosma uçun yuqori aniqlikdagi soplo sifatida joriy etiş uçun berildi. Bu jarayon «nekroprinterlaş» nomini oldi. Maʼlum bölişiça, xartumlar yuqori bosimga bardoş bera oladi va çop etiş qobiliyati baʼzi muqobillarga qaraganda yuqori ekan. Mualliflar hatto boşqa haşarotlar, masalan, töşak kanalari yoki setse paşşalarining xartumlarini ham xuddi şunday sifatda sinab körişni taklif qilişdi.