Rossiya va Ukraina «49 ga 49» formulasi böyiça navbatdagi asirlar almaşinuvini ötkazdi, bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy xabar bergan. Ukrainaga qaytarilganlar orasida — Qrimdan bölgan, 2022 yilda Rossiya va Gurjiston çegarasida josuslikda gumonlanib qölga olingan Leniya Umerova ham bor.

Rossiya almaşuv doirasida qaytargan 49 nafar harbiy xizmatçining aksari Kursk oblastida asir tuşgan muddatli harbiy xizmatga çaqirilganlardir, deb yozadi «Xoçu jit» proyekti. Rossiya tomoni hozirça bu jarayon böyiça rasman xabar bermagan.

Zelenskiyning sözlariga köra, Ukrainaga mamlakat qurolli kuçlari harbiy xizmatçilari, Milliy gvardiya, Milliy politsiya, çegara xizmati xodimlari, şuningdek, tinç aholi vakillari qaytarilgan.

«Ukraina qahramoni, harbiy şifokor Viktor Ivçuk ham uyda», — deyiladi Zelenskiyning telegram-kanaliga qöyilgan xabarda. 2022 yil bahorida, Rossiya armiyasi Mariupolni qamal qilgan çoğda, Ivçuk harbiy hospitalga rahbarlik qilgan hamda asir tuşgandi.

Şuningdek, Zelenskiyning sözlariga köra, «„Azovstal“ mudofaasida qatnaşganlarning ham bir qismi» — «Azov» polki jançilari bölgan erkaklar va ayollarni ham ozod etişga muvaffaq bölingan.

«Bular asosan ayollar», — deya qayd etgan «Azov» patronaj xizmati rahbari Yelena Tolkaçeva.

Bunga qadar azovçilar iştirok etgan sönggi eng yirik almaşuv bir yildan ortiqroq vaqt oldin — 2023 yil iyulida röy bergandi.

Foto: Volodimir Zelenskiyning telegram kanali

Ukrainaga qaytganlar orasida — qrimlik Leniya Umerova ham bor, 2022 yil dekabrida Rossiya-Gurjiston çegarasidagi «Verxniy Lars» nazorat-ötkaziş punktidan ötişda rossiyalik çegaraçilar tomonidan qölga olingandi. U Qrimga bemor otasini köriş uçun borgandi. Öşanda uni Rossiya çegarasini kesib ötiş qoidalarini buzişda (Ma’muriy kodeksning 18.1-moddasi, 1-qismi) ayblab qamoqqa taşlaşadi. Birinçi ma’muriy muddat yakunlangaç, unga yana tört marta 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosini qöllaşadi — «politsiya xodimi talabiga böysunmagani uçun».

2023 yil mayida Umerovaga nisbatan josuslik böyiça ayblov qöyiladi (Jinoyat kodeksi 276-moddasi), şundan buyon u tergov izolyatorida saqlanayotgandi. Uning işi maxfiylaştirilgandi.