Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva JST boş kotibi Ngozi Okonjo-Iveala, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijroçi kotibi Tatyana Molçan, BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi boş kotibi Rebeka Grinspan, JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus, Xalqaro mehnat taşkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Beate Andreyes bilan bir davrada muloqot ötkazdi.
Muloqot davomida Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli özgarişlar birgalikda muhokama qilindi.

“Men oiladagi zöravonliklarga qarşi kuraş böyiça mamlakatimiz mintaqada yetakçiga aylanganidan faxrlanaman. Biz barça uçun teng imkoniyatlar yaratişga intilib, xotin-qizlar huquqlarini yanada kengaytiryapmiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berilişi, ta’lim va ijtimoiy sohadagi islohotlar — Özbekiston öz zimmasiga olgan majburiyatlarini töla-tökis bajarişga bel boğlagan.
Prezident yordamçisi islohotlar va JSTga a’zolik yölida Özbekistonni qöllab-quvvatlayotgani uçun xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildirdi.









