Samarqand viloyati Urgut tumanida joylaşgan «Omonqöton» milliy tabiat boğiga noma’lum şaxslar bolalar dam oliş oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qaziş işlarini amalga oşirgan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tezkor işçi guruhi holatni örgandi.

«Natijada qonunbuzarlar tomonidan boğ hududida texnikalar yordamida tekislaş, kovlaş işlari olib borilgani va «Omonqöton» milliy tabiat boğiga tegişli bölgan 869 metr kvadrat maydonda «Taxti Qoraça» dovoni bilan boğlovçi yöl hosil qilingani ma’lum böldi.

Buning oqibatida yölda mavjud bölgan 7 turdagi jami 64 tup daraxt va butalarga zarar yetkazilgan, şundan 27 tup daraxt va butalar tag qismidan kesilgan yoki qöporib olingan, qolgan 37 tup daraxt va butalar esa ösişdan töxtamaydigan darajada şikastlangan. Ösimlik dunyosiga 67 mln 726 ming söm miqdorda zarar yetkazilgan.

Bundan taşqari, hududda olib borilgan yöl soliş işlari natijasida jami 2296 metr kvadrat yer maydonida mavjud Qizil kitobga kiritilgan, kamyob, kamayib borayotgan va noyob tur hisoblangan 12 turdagi 2 ming 591 tup ösimliklar payxon qilinib, tabiatga 1 mlrd 48 mln söm miqdorida zarar yetkazilgan», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Umumiy hisobda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1 mlrd 115 mln sömni taşkil etmoqda.

Iş yuzasidan töplangan hujjatlar tegişli çora köriş maqsadida Boş prokuraturaga yuborilgan.

Avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi matbuot kotibi Lola Rahmonboyevaning telegram kanalida 2-3 avgust kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida joylaşgan «Omonqöton» milliy tabiat boğiga bir neça noma’lum şaxs bolalar dam oliş oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qaziş işlarini amalga oşirgani haqida xabar berilgan edi.