Norvegiya valiahd malikasining öğli Marius Borg Xyoybi sud taqiqini buzgani uçun politsiya tomonidan qölga olindi. Sud qarori unga özi hujum qilgan sobiq sevgilisiga yaqinlaşişni taqiqlaydi, deb yozadi Bild.

«Politsiya Xyoybi bir neça bor mazkur iş doirasida jabrlanuvçi bölgan ayol bilan aloqaga kirişga uringani töğrisida ma’lumot oldi. Şu boisdan politsiya uning xatti-harakati ustidan şikoyat kiritgan. Jinoyat sodir etiliş xavfi takrorlanişi mumkinligi sabab uni hibsga oliş böyiça qaror qabul qilindi», — deydi prokuror Andreas Kruşevski.

Norvegiya valiahd malikasining advokati Eyvind Bratlenning ma’lum qilişiça, uning mijozi rostdan ham hibsga olingan. Bunga u 7 sentabr kuni maxfiy raqamdan foydalangan holda telefon orqali jabrlanuvçi bilan gaplaşişga uringani sabab bölgan.

«Mijozim buni rad etib, öz aybiga iqror bölmayapti. Jinoyat işlari böyiça 17 yillik faoliyatim davomida bunday tuturuqsiz yuridik asos bilan hibsga oliniş holatiga duç kelgan emasman», — deya qöşimça qiladi Bratlen.

Avvalroq qirollik oilasining vakili bölgan Xyoybi sobiq sevgilisini kaltaklagani uçun qölga olingan edi. 4 avgust kuni Marius qizning kvartirasida janjal kötargan. E’lon qilingan suratlarda şiftdan köçirib olingan qandil va devorga suqilgan piçoqni köriş mumkin edi. Şundan keyin u qölga olingan, biroq oradan bir kun ötib qöyib yuborilgan edi. Xyoybi yengil tan jarohati yetkazişda ayblanmoqda. Ammo u alkogol va kokain ta’sirida bölganini hamda ruhiy buzilişdan aziyat çekişini ma’lum qilgan.