Londondagi Kolizey teatrida 14 sentabr kuni Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan Özbekiston milliy baleti iştirokida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” spektakli namoyiş etildi. Uşbu tadbir spektaklning Britaniyadagi ilk namoyişi hisoblanadi.

Nemis xoreografi Raul Raymondo Rebek tomonidan yaratilgan spektakl Buyuk Britaniya madaniy sahnasida muhim voqea böldi.

“Lazgi” tomoşabinlarga afsonaviy Ipak yöli manzarasida muhabbat va ölmas ruh haqidagi abadiy hikoyani taqdim etdi, deyiladi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi xabarida.

Ta’kidlanişiça, Markaziy Osiyo xalq an’analari va madaniyatini özida mujassam etgan uşbu raqs özining kuçli xoreografiyasi, ajoyib yoruğlik aks-ta’sirlari va çuqur hissiy kötarinkiligi bilan tomoşabinlarni hayratga solgan.

“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” birinçi marta Dubai Opera sahnasida namoyiş etilgan va keyinçalik Istanbul, Dortmund, Parij, Sankt-Peterburg va Moskvada sahna yuzini körgan.