Samarqand şahridagi Kongress markazida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya federal kansleri Olaf Şolsning tor doirada va delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi.

Uçraşuv avvalida davlatimiz rahbari federal kanslerning Özbekistonga taşrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

- Buni köp qirrali Özbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirişga alohida e’tiboringiz va Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qöllab-quvvatlaşingizning dalolati sifatida qabul qilamiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mehmonlarni Germaniya federativ respublikasi taşkil etilganining 75 yilligi va yaqinlaşib kelayotgan Germaniya birligi kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Muzokaralar davomida köp qirrali Özbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Ötgan yili Berlinda ötkazilgan oliy darajadagi uçraşuvlar ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirişga jiddiy turtki bergani ta’kidlandi.

Barça darajalardagi aloqalar faollaşdi. Ötgan yili tovar ayirboşlaş hajmi 1 milliard yevrodan oşdi. Germaniya biznesi bilan hamkorlik kengaymoqda - yil boşidan buyon mamlakatimiz iqtisodiyotiga Germaniya kompaniyalarining 800 million yevrolik investitsiyalari kiritildi.

Iyun oyida Toşkentda Özbekiston-Germaniya Işbilarmonlar kengaşining sakkizinçi yiğilişi muvaffaqiyatli ötkazildi.

KfW banki va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining moliyaviy-texnik kömak loyihalariga yuqori baho berildi.

Ötgan yili Berlin şahridagi Yangi muzeyda Özbekiston madaniy merosi körgazmasining ötkazilişi madaniy sohada muhim voqea bölgani, unga Germaniya poytaxtining yarim milliondan ortiq aholisi va mehmonlari taşrif buyurgani ta’kidlandi.

Şu yil yozda Samarqand şahrida Ibn Sino va Genrix Şipperges nomidagi Tibbiyot fanlari oliy maktabi oçilgani ham mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar parlamentlar, hukumatlar, taşqi işlar vazirliklari örtasidagi faol aloqalarni davom ettiriş tarafdori ekanliklarini bildirdilar.

Taşqi siyosat idoralariga Özbekiston-Germaniya munosabatlari darajasini oşiriş masalasini körib çiqiş, xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Afğonistondagi vaziyat yuzasidan muntazam maslahatlaşuvlar ötkaziş topşirildi.