Sleklayn böyiça uç karra jahon çempioni akrobat Yaan Rooze Turkiyada Bosfor böğozi ustidan tortilgan dordan yurib ötdi. Uşbu dor yölining uzunligi 1 kilometrdan oşdi, deb yozadi Hürriyet gazetasi.
Yaan Rooze Osiyodan Yevropaga tortilgan 1100 metrli arqon ustidan yurib ötgan dunyodagi birinçi insonga aylandi. Arqon Bosfor köprigining tayançlari orasiga, yerdan 165 metr balandlikka mahkamlangan.
Sleklayn böyiça uç karra jahon çempioni muvozanatni uşlab qolişga yordam beradigan maxsus vositalarsiz belgilangan masofani 47 daqiqada bosib ötgan.
«Bosfor ikki qit’ani birlaştiribgina qolmay, u ming yillik tarixiy va madaniy ahamiyatga ega, şuningdek, uning tabiati juda gözal. Bularning barçasini özgaruvçan ob-havo şaroiti va kuçli dengiz oqimi bilan birlaştiradigan bölsak — bu sleklayning uçun noyob joy. Men tarixga kirdim, şu sababli juda baxtliman», — deydi akrobat.
28 yoşli estoniyalik Yaan Rooze — sayyorada sleklayn böyiça eng köp mukofotlarni qölga kiritgan sportçi hisoblanadi. Iyun oxirlarida u Estoniyadagi Emayigi daryosi qirğoqlari uzra tortilgan dordan yurib ötgan edi.
Ma’lumot uçun, sleklayn — ikkita statsionar obekt orasida tortilgan tross orqali ehtiyot moslamasi yoki usiz yurib ötiş böyiça ekstremal sport turi hisoblanadi.












