2025 yil 1 yanvardan boşlab Moskva oblasti ma’muriyati bir neça faoliyat sohalarida patent böyiça çet el fuqarolarining mehnatiga çeklovlar joriy qiladi. Ularning örnini rossiyaliklar yoki YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) mamlakatlari fuqarolari egallaydi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Rejaga köra, migrantlarga alkogol va tamaki savdosi, köça ovqatlari, ijtimoiy xizmatlar, şuningdek, sport, madaniyat, dam oliş, soğliqni saqlaş va ta’lim sohalarida işlaşga çeklovlar joriy etiladi. Bu bilan rasmiylar «ehtimoliy mojarolarni minimallaştirişni xohlaydi».

«3 yil davomida bizda xorijlik işçi kuçi bilan boğliq savdo şikoyatlari sezilarli darajada oşdi. Hozir ularning Moskva oblastida spirtli içimliklar, pivo va tamaki sotadigan çakana savdo dökonlarida işlaşi uçun ma’lum çegara (15%) mavjud. Biz patent bilan işlaşni töliq taqiqlagan 22 mintaqaga qöşilişni xohlaymiz. Bundan taşqari, men statsionar bölmagan savdo obektlarida, ijtimoiy sohalarda: sport, iş, dam oliş, şuningdek, soğliqni saqlaş, ijtimoiy xizmatlar va ta’lim sohasida, köça taomlari sohasida patent böyiça migrantlarning işini çeklaşni taklif qilmoqçiman. Bu yerda tilni sifatli biliş muhim, çunki ular aholi bilan işlaydi», dedi Moskva oblasti hukumati raisi örinbosari Natalya Maslenkina.

Şuningdek, u uşbu taqiqlar joriy etilişi bilan almaştiriladigan patent egalari soni 5,6 ming kişini taşkil etişini ta’kidladi.

«Iqtisodiy jihatdan bu bizning vatandoşlarimiz, şuningdek, YeOII fuqarolari hisobidan töldirilişi mumkin», dedi Maslenkina.

Şuningdek, migrantlar Rossiyada işlaş uçun maxsus patentga ega bölişi kerakligi, uning yöqligi uçun javobgarlik ham işçining özi, ham u işlayotgan taşkilot zimmasida ekanligi ma’lum qilingan.