UzAuto Motors boş direktori, şvetsiyalik Bo Inge Andersson iş haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Qayd qilinişiça, Andersson UzAuto Motors Powertrain taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzlarini öz vaqtida bartaraf etiş çoralarini körmagan. Şu bois, unga nisbatan jarima körinişidagi intizomiy jazo çorasi qöllangan.

Bo Inge Andersson 2021 yil avgustida UzAuto Motors boş direktori etib tayinlangan edi. U avtomobilsozlik sohasidagi top-menejerlardan biri bölib, Şvetsiyaning Saab, Rossiyaning GAZ va AvtoVAZ kompaniyalaridan işlagan.