Amerikaning Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini çiqardi - yangilanişni allaqaçon iPhone XS dan boşlab barça smartfon egalari yuklab olişi mumkin. Kompaniya şuningdek, yangilangan iPadOS 18 ni ham çiqardi.

iOS 18 endi Android smartfonlari bilan xabar, video va fotosurat almaşiş uçun möljallangan RCS protokolini qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, foydalanuvçilar matn teriş indikatorini ham körişi mumkin böladi. iMessage yangi formatlaş opsiyalari va matn effektlari, şuningdek, keçiktirilgan jönatmalar funksiyasiga ega böldi.

Boş ekran uçun möljallangan keng kölamli sozlamalar paydo böldi - endi vidjyetlar va dastur piktogrammalarining ölçamini, rangini va joylaşuvini özgartiriş mumkin, şuningdek, blokirovka ekranini sozlaş uçun köproq imkoniyatlar mavjud. «Photos» ilovasi butunlay qayta işlab çiqildi.

Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalari hozirça mavjud emas, ammo oktyabr oyida iOS 18.1 çiqadi va unda uşbu funksiyalar çeklangan tarzda joriy qilinişi mumkin. Şu bilan birga, tasvir yaratiş, matn bilan işlaş vositalari takomillaştiriladi, şuningdek, Siri ovozli yordamçisi yanada rivojlantiriladi.

IPadOS 18 tizimiga foydalanuvçilar iltimosiga köra «Kalkulyator» ilovasi qöşildi. Şuningdek, Notes orqali endi matematik masalalarni, jumladan diagramma va grafiklardan foydalangan holda yeçiş mumkin. Bundan taşqari, iPad boş ekranini sozlaş imkoniyatlari, şuningdek, qayta işlangan «Boşqariş markazi» va yorliqlar paneli joriy qilindi.