Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati «qurolli töntariş orqali hokimiyatni egallab olişga urinişning» oldini oldi. Bu haqda mamlakat Tergov qömitasi bayonotida söz boradi.
Qayd etilişiça, davlat töntarişiga tayyorgarlikda Armanistonning beş nafar, Toğli Qoraboğning ikki nafar sobiq fuqarosi hamda «şaxsiga aniqlik kiritilmagan»lar iştirok etgan.
Tergov versiyasiga köra, 2024 yil davomida ular Armaniston va Toğli Qoraboğ fuqarolarini oyiga 220 ming rubldan tölaş va’dasi ostida özlariga oğdirib olgan. Bu pullar evaziga ular Rossiya uç oylik yiğinda qatnaşib, yangi turdagi oğir qurollar bilan tanişiş, ulardan foydalaniş, jangovar navbatçilikni ötaş kabi könikmalarini şakllantirişi kerak bölgan.
Tergov qömitasining ta’kidlaşiça, oğdirib olingan şaxslar Rostov-Donga yuborilgan, u yerda siyosiy qaraşlarini aniqlaştiriş maqsadida hatto poligraf yordamida tekşiruvdan ötkazilgan. Şundan keyin ular «Arbat» nomli harbiy bazaga joylaştirilib, jangovar tayyorgarlik boşlab yuborilgan.
«Ularga öquvlarning maqsadi — Armaniston Respublikasiga qaytiş va amaldagi hukumatni ağdariş ekani aytilgan», — deyiladi xabarda. Oğdirib olingan şaxslarning bir qismi bu maqsadda Armanistonga qaytişdan boş tortgan, qolganlari «jinoyatini oxiriga qadar yetkaza olmagan».
Ma’lumotlarga köra, hozirda uç kişi qölga olingan, yana tört kişiga qidiruv e’lon qilingan.
Armaniston Tergov qömitasi xabariga Ukrainadagi uruşda iştirok etayotgan «Arbat» bataloni rahbari, «Vagner» XHKning sobiq yollanma jangçisi Ayk Gasparyan izoh bergan. Uning fikriça, Armaniston hukumati «respublika siyosiy hayotidagi öz omadsizliklarida xalqni çalğitişga urinmoqda». Gasparyanning ta’kidlaşiça, uning bataloni Armanistonda faoliyat yuritmagan, bu faqat «arman xalqi taşqi duşmandan yordam sörab, murojaat qilsagina» röy berişi mumkin.








