Isroil «Hizbulloh» harakatining Livan janubidagi pozitsiyalari böylab navbatdagi marta aviazarbalar berdi — bu guruh yetakçisi Hasan Nasrulloh sönggi kunlarda Livanda peyjyerlar va ratsiyalar ommaviy portlaşi bilan keçgan hamda önlab kişilar halok bölib, minglab kişilar yaralanişiga olib kelgan voqealarga bağişlangan çiqişini boşlagan vaqtga töğri keldi.

BBC muxbiri Hyugo Baçeganing xabar berişiça, Bayrut uzra isroilliklarning harbiy samolyotlari ovozlari eşitilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda samolyotlar pastlab uçayotgani aks etgan videolar ham tarqalgan.

Nasrulloh Isroilni guruh a’zolari hamda begunoh kişilarni, hatto bolalarni ajratmasdan peyjyerlar va ratsiya vositalariga hujum qilişda ayblagan. Uning sözlariga köra, 4 000 ga yaqin peyjyerlar portlagan va jabrlanganlarning bir qismi hali rasmiy ma’lumotlarga qöşilmagan.

«Bu oşkora terrorizm. Biz ularni seşanba kungi va çorşanba kungi qirğinlar deb ataymiz. Bu harbiy jinoyat yoki, kamida uruş e’lon qilişdir, — degan u. — Xudo rahmdil va köp miqdordagi ölimlar va jarohatlanganlar bölmadi. Ayrim peyjyerlar işdan çiqqan yoki öçirilgandi. Ayrimlari hali tarqatilmagan va omborlarda turgandi».

«Şahidlarini yöqotganlar, yaralanganlar, Ğazo uçun kuraşganlarning barçasi nomidan biz [boş vazir] Netanyahu va [mudofaa vaziri] Galantga, duşmanlarga aytamizki, Ğazodagi tajovuz bas qilinmaguniça Livan fronti ham töxtamaydi, — degan Nasrulloh. — Livandagi qarşilik harakati Ğazo va Ğarbiy sohil xalqini qöllab-quvvatlaşdan çekinmaydi».

«Siz bu odamlarni şimolga qaytara olmaysiz. Buning yagona yöli — Ğazo va Ğarbiy sohildagi tajovuzni töxtatişdir», — degan Hasan Nasrulloh Isroil rahbariyatiga murojaat qilib.

Nasrullohning qayd etişiça, isroilliklarning harakatlariga «ular kutişi mumkin bölgan tarzda ham, kutmagan tarzda ham» javob qaytariladi.

«Men joyini, vaqtini, holatini, tafsilotlarini aytmayman, barçasini bu röy berganida bilib olasiz. Ular bu tölovni qilişadi. Biz hozir detallarni oçiqlamaymiz, çunki hozirda jangning öta nozik bosqiçidamiz», — degan «Hizbulloh» rahbari.

Hyugo Baçeganing qayd etişiça, Nasrullohning ohangi şundan darak bermoqdaki, «Hizbulloh»ning reaksiyasi nafaqat guruh uçun, balki sönggi yillardagi köplab inqirozlardan aziyat çekayotgan Livan uçun ham vayronkor oqibatlar keltirib çiqarmasligi uçun Isroil bilan uruşga olib bormaydigan darajada vazmin böladi.