Polşaning Tibbiy mahsulotlari, tibbiy jihozlar va biotsid mahsulotlarini röyxatdan ötkaziş idorasi prezidenti Gjyegoj Çesak boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga taşrifi taşkil etildi. Bu haqda Özbekistonning Polşadagi elçixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alişer Temirov bilan ötkazilgan uçraşuv yakunida hamkorlikda faoliyat olib borişga kelişilgan yönalişlardagi işlarni amalga oşiriş böyiça aniq harakatlar rejasidan iborat bölgan yöl xaritasi imzolangan.
«Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov bilan bölib ötgan muzokaralarda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik va tartibga soluvçi organlar örtasida ma’lumot almaşiş zarurligi töğrisida kelişuvga erişdilar», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, 19 sentabr kuni Özbekistonda «Özbek-polyak hamkorlik haftaligi» boşlangan bölib, u 25 sentabrga qadar davom etadi.
Eslatib ötamiz, iyul oyida Polşa farmatsevtika sanoati uyuşmasi prezidenti Kşiştof Kopets boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga kelgandi. Öşanda taşrifdan maqsad Özbekistonda Polpharma Group va Adamed kabi yetakçi kompaniyalar bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qilişdan iborat ekani aytilgan edi.








