Andijon viloyatida ikkita, Xorazm viloyatida bitta korxona energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Baliqçi tumani bölimi, ETK va boşqa mas’ul idoralar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda tumandagi “I.S.” MÇJ mas’ul şaxslari va boşqalar MÇJ qaraşli yoğni qayta işlaş zavodida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga tijorat maqsadida ulanib, 250 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Izboskan tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda YaTT B.N. va boşqalar "Ovulmat" MFYda joylaşgan novvoyxonada umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga tijorat maqsadida töğridan töğri ulanib, 149,3 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi, departamentning Xonqa tumani bölimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “G.” MÇJga qaraşli Urganç tumani, Killavut mahallasida joylaşgan dam oliş maskanida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga tijorat maqsadida elektr hisoblagiçdan taşqari ulanib, 160,7 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.