Scandinavian Airlines (SAS) aviakompaniyasi reyslaridan biri siçqon sabab avariyaviy qönişni amalga oşirişga majbur böldi, deb xabar beradi BBC.
Ma’lum qilinişiça, samolyot Norvegiya poytaxti Oslodan Malagaga (Ispaniya) uçayotgan bölgan va Kopengagenda (Daniya) avariyaviy qönişni amalga oşirgan. Aviakompaniya vakili Oysteyn Şmidtning sözlariga köra, kemiruvçi xavfsizlikka tahdid tuğdirgani uçun havo kemasi kompaniya tartib-qoidasiga muvofiq yönalişini özgartirgan.
Reys yölovçilari keyinroq Malagaga boşqa bir samolyotda yetkazilgan.
Qayd etilişiça, aviakompaniya odatda samolyot bortiga kemiruvçilarning yaqinlaşişiga qattiq turadi, çunki ular elektr simlarini kemirib taşlaşi mumkin. «Bu kamdan kam hollarda röy beradi. Bunday vaziyatlar uçun tegişli qoidalarimiz bor bölib, uning doirasida mazkur holat qaytarilmasligi uçun yetkazib beruvçilar bilan birga tekşiruvlar olib boriladi», — deydi Şmidt.
Guvohlardan birining aytişiça, siçqon yonida ötirgan yölovçi ayolning ovqat qutisi içidan çiqqan. Vaziyat vahima qilarli darajada bölmagan va odamlar «umuman stressga tuşmagan».








