Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova öz mamlakati rasmiylari Ukraina 2024 yil oxirigaça taşkil etişni rejalaştirayotgan tinçlik sammitida qatnaşmasligini aytdi.
Uning sözlariga köra, tinçlik sammitining Rossiya-Ukraina uruşini hal qilişga heç qanday aloqasi yöq. U buni «anglo-sakslar va ularning ukrain qöğirçoqlarining firibgarligining yana bir körinişi» deb atadi.
«Ikkinçi sammit ham xuddi şunday maqsadni közlaydi – mojaroni hal qilişning muqobil bölmagan asosi sifatida mutlaqo nomaqbul «Zelenskiy formulasi»ni ilgari suriş, jahondagi köpçilik tomonidan qöllab-quvvatlanişiga erişiş va Rossiyaga taslim böliş ultimatumini taqdim etiş. Biz bunday «sammitlarda» qatnaşmaymiz», dedi Rossiya TIV vakili.
Şu bilan birga, Zaxarova Rossiya hukumati «inqirozni siyosiy va diplomatik yöl bilan hal qilişdan voz keçmasligini» va «joydagi» vaziyatni inobatga olgan haqiqatan ham jiddiy takliflarni muhokama qilişga tayyorligini qöşimça qildi.
Birinçi «tinçlik sammiti» şu yil iyun oyida Şveytsariyada bölib ötdi va unda rossiyalik diplomatlar iştirok etmadi. 20 sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev ğalaba rejasi ustida faol işlayotganini va Rossiya bilan suhbat uçun uçta band tayyorlaganini aytdi. Uning sözlariga köra, Ukraina ittifoqçilari ikkinçi tinçlik sammitiga Rossiya tomoni vakillarini taklif qiliş zarurligiga rozi.









