Toşkent viloyati Ohangaron tumanida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Ohangaron tumani bölimi hamda DXX xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda fuqarolar F.M. va N.J. noqonuniy daromad orttiriş maqsadida “Vivafer” nomli 826 quti dori vositasini 9 000 dollar va 40 mln sömga sotayotgan vaqtida uşlangan. Tadbir davomida jami 829 quti uşbu dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








