Bir maktabda 40 yildan ziyod öqituvçilik qilgan Erkinboy ota Nişonov 90 yoşni qarşilayapti. Ohangaron tumanining Qoraxitoy qişloğida yaşovçi ota hamon tetik: közoynaksiz kitob öqiydi, tuman markaziga özi borib gazeta olib keladi. Erkinboy ota şu yoşida ham tunlari uxlamay özi muxlislik qiladigan sevimli jamoasining futbol öyinlarini tomoşa qiladi, çorvalarga qaraydi.

Nafaqadagi muallimning 5 farzandi pensiyaga çiqqan ekan:

“Umr oqar daryo deyişadi. Bir kam 90 yoşdaman. Ota kasbni uluğlab, şu yoşlarga ta’lim-tarbiya beriş bilan umrim ötdi. Bir maktabda 40 yildan ortiq işladim. 40 yillik umrimga açinmayman. Boğbon köçat ekib hosilini kutadi. Men ham huddi boğbonlardek hosilni kutib yaşadim, bir maktabda ildiz otdim. Öquvçilarimning köpçiligi hozirda katta lavozimlarda işlaydi. Maktabda minglab öquvçilarga tarix, jamiyatşunoslik, davlat va huquq asoslari fanlaridan dars berdim. Turmuş örtoğim ham öqituvçi edi. Tört öğil, uç qizni tarbiyalab voyaga yetkazdik. Hozirda farzandlarimning beş nafari nafaqada. Uç qizimdan ikki nafari öqituvçi.

92 yoşga kirgan döstim bor. Ikkimiz bir piyola çoy ustida diydorlaşib, ötgan voqealarni eslab ötiramiz. Ikkimiz ham göyoki yoş yigitdaymiz.

Odamzot eng avvalo qaysi kasbda işlaşidan qat’iy nazar öz işiga mehr-muhabbati bölişi kerak. Hozirgaça köçada ketayotsak, odamlar “Assalomu alaykum, domlalar, soğ-salomatmisizlar?”, deyişining özi bu bebaho boylik. Bunday hurmatga hamma ham sazovor bölolmaydi. Dunyoda eng oliy kasb nima, degan savolga har qanday yiğinda ayta olişim mumkin. Öqituvçidek, ustozdek inson, bunday uluğ kasb dunyoda yöq.

Mana yoşim 90ga qarab ketyapti. Hozir ham közoynaksiz kitob öqiyman. Közoynaksiz 1 yoki 2 soat kitob öqisam ham közimdan yoş oqmaydi. Buning sababiga özim ham hayron qolaman.

Sport öyinlarini tomoşa qiliş kunlik odatim. Yoşligimdan futbolga, yugurişga qiziqqanman. Özbekistonda eng sevgan jamoam Paxtakor jamoasi. Dunyoda Realdan kuçli jamoa yöq. Real öynaydigan kuni uyqum kelmaydi. Uxlamayman. Futbol çempionatlari asosan tunda böladi. Yarim tunda bölsa ham Realning öyinlarini tomoşa qilib keyin uxlayman. Eng sevimli öyinçim Realning sobiq öyinçisi Kriştianu Ronaldu.