«Hizbulloh»ning qöşni Livandan Isroilga qarşi hujumlari fonida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu jangçilarga yangi javob zarbalari bilan tahdid qildi. «Oxirgi kunlarda biz «Hizbulloh»ga ular tasavvur ham qila olmagan bir qança zarbalarni berdik. Agar «Hizbulloh» harakati bu xabarni tuşunmagan bölsa, men va’da beramanki, keyingilarini aniq tuşunadi», — deya 22 sentabr, yakşanba kuni Isroil boş vazirining sözlaridan iqtibos keltirgan AFP agentligi. 

Şu bilan birga, Netanyahu öz bayonotida yana bir bor özi boşçiligidagi vazirlar mahkamasi «Hizbulloh»ning Isroil şimoliga hujumlarini töxtatişga harakat qilişini, bu hududlarni tark etişga majbur bölgan odamlar öz uylariga qaytişini ta’kidladi. «Heç bir davlat öz fuqarolariga hujumlarga, şaharlariga qilingan hujumlarga toqat qila olmaydi, biz - Isroil davlati ham ularga toqat qilmaymiz», dedi u.

Isroil Livan hududiga zarbalar berdi

22 sentabr kuni ertalab Isroil mudofaa armiyasi raketalar otilganidan söng Livandagi «Hizbulloh» harakati obektlariga zarba berganini ma’lum qildi.

TsAHAL ma’lumotlariga köra, 22 sentabr kuni ertalab Livandan Isroil şimolidagi Hayfa hududiga 85 ta raketa uçirilgan. Ularning aksariyati Isroil havo mudofaasi tomonidan urib tuşirilgan, biroq ba’zi raketalar öz nişonlariga yetib borgan. Umuman olganda, «Hizbulloh» jangçilari Isroil şimoliga 115 ta raketa uçirdi.

Isroil qutqaruv xizmatlarining xabar berişiça, Livandan öqqa tutilişi natijasida Hayfa hududida kamida uç kişi yaralangan. Bundan taşqari, bir qança binolar va avtomobillarga zarar yetgan.

Avvalroq, 20 sentabr kuni Isroil Bayrutga havo hujumi uyuştirdi. Livan Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 22 sentabr holati böyiça kamida 45 kişi halok bölgan. Şu bilan birga, «Hizbulloh»ning yuqori martabali qömondoni Ibrohim Oqil va «Radvan» maxsus kuçlarining Hamas jangçilarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan harbiy operatsiyalari qömondoni Ahmad Mahmud Vahbiy halok böldi. «Hizbulloh» Oqil va Vahbiyning ölimini tasdiqladi. Ayni paytda, AP agentligining yozişiça, zarba qurbonlari orasida ayollar va bolalar ham bor.

Livanda «Hizbulloh» peyjyer va ratsiyalarining portlaşi

Ikki kun davomida butun Livan böylab «Hizbulloh» jangçilari foydalanadigan peyjyerlar, ratsiyalar va radiostansiyalarning katta portlaşlari sodir böldi. Umuman olganda, mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, gadjetlar portlaşlari oqibatida kamida 26 kişi halok bölgan, 3500 dan ortiq kişi jarohatlangan.