Şveytsariya aholisi 22 sentabr kuni mamlakat hukumati tomonidan ilgari surilayotgan pensiya islohotiga qarşi ovoz berdi. Bu haqda Bloomberg yozdi.

Şu yilning mart oyida fuqarolar pensiya yoşini 65 yoşdan 66 yoşgaça oşirişni rad etgan, şu bilan birga yilning 13-pensiya tölovi joriy etilişini qöllab-quvvatlagan edi.

Şveytsariya saylovçilari bugun ham hukumatning pensiya jamğarmalarini isloh qiliş rejasini rad etdi. Islohot pensiyalarni qayta hisoblaş koeffitsiyentini 6,8 foizdan 6 foizga kamaytirişni nazarda tutar edi, uning asosida pensiya tölovlari miqdori hisoblab çiqiladi. Rasmiylar aholining umr köriş davomiyligi oşgani sababli buni qisqartirişni taklif qilişdi.

Hukumat tomonidan e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarga köra, saylovçilarning faqat uçdan bir qismi qonun loyihasini qöllab-quvvatlagan. Endi hukumat muqobil pensiya islohoti haqida öylaydi, deb ta’kidlamoqda Bloomberg.