Dunyodagi yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilardan biri Infinix Mobility Xalqaro texnologik kompaniyasi bozorga o‘zining yangi mahsuloti – Infinix Hot 50 smartfonini taqdim etdi. Mutlaqo yangi dizaynga ega HOT 50ning old panelida 120 Gs chastotali yorqin, supersilliq ekran joylashgan. Qurilma eng so‘nggi va kuchli MediaTek Helio G100 protsessori, zamonaviy, ajoyib ingichka va yengil korpus hamda 50 MP asosiy kamerasi bilan maqtana oladi. Kamera aniq va juda yorqin suratlar olish imkoniyatini beradi. Yangi qurilma o‘rta narx segmentidagi universal gadjetni qidirayotganlar uchun flagman bo‘lib, barcha foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U yuqori samaradorlik va funksionallikni taklif etadi.

INFINIX HOT 50: mavsumning ajoyib yangiligi
Infinix Hot 50 mobil bozordagi eng nafis va bir vaqtning o‘zida kuchli modellardan biri bo‘lishga da’vogar bo‘lib, atigi 7.7 mm qalinlikdagi ultra ingichka dizaynda ishlab chiqilgan va og‘irligi 187 grammni tashkil etadi. Modelning nafisligi zamonaviy uslubning o‘ziga xosligida bo‘lib, qo‘lda juda chiroyli ko‘rinadi va atrofdagilarning e’tiborini tortadi. Bu yerda har bir detal o‘ta aniq va did bilan ishlangan. Shakl va o‘lchamlarining ergonomikasi tufayli qurilmadan foydalanish juda qulay.

120 Gs ekranli qulay taklif
Infinix HOT 50 6.78 dyuymli FHD+ Always-On ekraniga ega bo‘lib, 1080X2460 rezolyutsiyadagi tasvirni taqdim etadi. Qurilma 240 Gs diskretizatsiya chastotasi va 120 Gs yuqori yangilanish chastotasiga ega ekran bilan jihozlangan, bu esa OS navigatsiyasi va boshqaruvini maksimal darajada silliq qiladi. Displey, shuningdek, yuqori kontrastlik va 800 nit yorqinlik bilan ham maqtana oladi. Model katta, ramkasiz ekranga ega bo‘lib, bu old panelning 90.60% ini egallaydi. Ds, Hi-Res texnologiyalari va Widevine L1+ qo‘llab-quvvatlovchi audio tizimi ajoyib ovozni kafolatlaydi, bu esa ayniqsa o‘yin paytida juda ahamiyatli. Shuni ham ta’kidlash kerakki, o‘yinlar vaqtida E-spors rejimda yangilanish chastotasi 120 Gs ga yetadi, bu haqiqiy sho‘ng‘ish va ekrandagi silliq ko‘rinishni ta’minlaydi.

Yangi protsessor va keng imkoniyatlar
Yuqori sifatdagi katta hajmli video kontentni yozib olish va ishlov berish tizimning shu darajadagi samaradorligini va katta hajmli tezkor, doimiy xotirani talab qiladi. 2,2 GGs maksimal chastotadagi Cortex-A76ning ikkita yadrosi yuqori samaradorlik talab qiladigan vazifalar uchun va 2,0 GGsgacha bo‘lgan chastotada Cortex-A55ning oltita samarali yadrosi kundalik vazifalar uchun birlashtirilganligi sababli, MediaTek Helio G100 yangi protsessori ilovalar o‘rtasida tekis o‘tishni va resurs talab qiladigan dasturlar bilan ishlashda ishonchli faoliyatni kafolatlaydi. 8 GB tezkor xotira bilan birgalikda, uni 16 GBgacha kengaytirish va 256 GB asosiy xotira imkoni bilan smartfon har qanday vazifani osonlik bilan bajara oladi. Helio G100 protsessori TSMCning 6 nanometrli texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori samaradorlik va kam energiya sarflashni kafolatlaydi.

















