Neo1 JD Industrial kompaniyasi bilan hamkorlikda Xitoyning CIIF 2026 xalqaro sanoat körgazmasida namoyiş etilgan. Unda yuqori kuç va harakat aniqligini taʼminlaş uçun gidravlik mexanizmlar elektr yuritmalar bilan birlaştirilgan.

Robot 41 ta faol erkinlik darajasiga ega - bu uning turli yönalişlarda murakkab harakatlarni bajariş imkoniyatini anglatadi. Böğimlarning 39 tasida kompaniya işlab çiqqan ixçam raqamli gidravlik yuritmalar, bilak qismidagi ikkita aylanuvçi böğimda esa elektr yuritmalar qöllangan.

Kompaniya maʼlumotiga köra, har bir gidravlik yuritma qariyb bir kilogramm oğirlikda bölib, bir neça tonnalik kuç hosil qila oladi. Bu körsatkiç robotning umumiy yuk kötariş quvvatidan farq qiladi: ikki qöl uçun eʼlon qilingan jami körsatkiç 500 kilogrammni taşkil etadi.

Işlab çiqaruvçi Neo1’ni oğir uskuna qismlarini yiğiş, portlarda yuk taşiş, yuqori harorat va boşqa noqulay şaroitlarda işlatiş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.

Atom sanoati ham ehtimoliy qöllaş yönalişlaridan biri sifatida keltirilgan. Kompaniya radiatsiyaga çidamli gidravlik modullar robotdan yadro yoqilğisi bilan işlaş va uskunalarga xizmat körsatişda foydalaniş imkonini berişi mumkinligini bildirgan. Biroq buning uçun butun tizimning tegişli xavfsizlik talablariga muvofiqligi tasdiqlanişi kerak.

Şuningdek, robotni suv ostidagi texnik işlar, konçilik, konstruksiyalarni qismlarga ajratiş va vayronalarni tozalaşga moslaştiriş imkoniyatlari ham tilga olingan.

Hozirça bular rejalaştirilayotgan qöllaniş sohalaridir. Neo1’ning haqiqiy sanoat şaroitida uzoq muddat işlaşi, çidamliligi va samaradorligi qöşimça sinovlarda tasdiqlanişi lozim.