Davlat xavfsizlik xizmati hududlarda reyd tadbiri ötkazib, Namangan, Xorazm, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotiş holatlarini aniqladi. Bu haqda Telegram`dagi Xavfsizlik kanali tezkor tadbirda olingan lavhalarni e’lon qildi.

Xususan, Namangan viloyati Töraqörğon tumani fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining mansabdor xodimi özining turmuş örtoğiga dehqonçilik qiliş uçun ajratib berilgan 1 gektar yerni tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib berişga kelişadi. U buning evaziga 10 ming AQŞ dollari talab qilib, 6900 AQŞ dollari va 15 mln söm olgan vaqtida uşlandi. Tergovga qadar tekşiruv davomida, joriy yilning mart oyida uşbu yer maydoni mazkur mansabdor şaxsning turmuş örtoği tomonidan auksion orqali sotib olinib, aprel oyida tuman hokimligi bilan ijara şartnomasi tuzilganligi hamda davlat röyxatidan ötkazilganligi ma’lum böldi.

Xorazm viloyatida kuzatilgan holatda Urganç tumani hokimligining xodimi 47 yoşli şaxs bilan özaro kelişgan holda, aldov yöli bilan xaridorning işonçiga kirişadi. Xususan, unga tuman hokimining 2018 yildagi qaroriga muvofiq, maişiy xizmat körsatiş obektlari quriş maqsadida boşqa bir fuqaroga ajratib berilgan, biroq, tasdiqlaş uçun viloyat hokimining qarori çiqarilmasdan va tegişli tartibda kadastr xujjatlari işlab çiqilmasdan, davlat röyxatiga kiritilmay qolgan 1 gektar yer maydonida yengil tipdagi kottejlar quriş mumkinligini aytişadi.

Şuningdek, tuman hokimining 2018 yildagi qarorini joriy yilda qabul qilingan «Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida»gi qonunga muvofiqlaştirib berişni ma’lum qilişadi. Gumonlanuvçilar xizmati evaziga 50 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy şerigi bölgan, kadastr va arxitektura faoliyati bilan şuğullanuvçi xususiy firma rahbari ham uşbu pul mablağidan 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olindi.

Navoiy viloyatining Ğozğon şahar kadastr bölimi boşliği öz xizmat mavqeidan foydalanib, Nurota tumani hududida joylaşgan va davlat zaxirasida bölgan 1 gektar yer maydonini mansabdor tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 40 ming AQŞ dollari talab qilgani ma’lum böldi. U oldindan 6 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.