Özbekiston 2027−2029 yillarda Qöşilmaslik harakatiga raislik qiliş rejasini e’lon qildi. Bu haqda taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lumot berdi.

«Qöşilmaslik harakatining vazirlar yiğilişida iştirok etdik. Ugandani 2024−2026 yillarga yangi tayinlangan rais sifatida töliq qöllab-quvvatlaymiz va Ozarboyjonning avvalgi muvaffaqiyatli raisligi uçun minnatdorlik bildiramiz», — deydi vazir.

U Özbekistonning 20-sammitga mezbonlik qilişi va 2027−2029 yillarga möljallangan harakatga rahbarlik qilişi rejalarini e’lon qilinganini bildirdi.

«Bunda energiya xavfsizligi, barqaror rivojlaniş va global savdo tizimlarini mustahkamlaş kabi asosiy ustuvorliklarga e’tibor qaratamiz. Tinçlikni mustahkamlaş, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş va ta’lim orqali kelajak avlodni qöllab-quvvatlaşni maqsad qilganmiz. Birgalikda zamonamiz çaqiriqlarini hal qilişimiz va Global janubning ovozini kuçaytirişimiz zarur», — deya qayd etdi vazir.

Qöşilmaslik harakati har ikki yilda bir marta sammit ötkazadi va navbatdagi raislik boşqa bir mamlakatga topşiriladi.