Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York şahrida Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining yangi boş kotibi, pokistonlik Asad Majid Xon bilan uçraşdi.
"Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti Boş kotibi Asad M. Xon janoblari bilan suhbatimiz davomida Toşkent sammitida erişilgan barça kelişuvlarni amalga oşiriş jarayonini muhokama qildik", – deb yozdi Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rahbari.
Qayd etilişiça, IHTga a’zo mamlakatlar vakillari yanada faol va samarali hamkorlik qilişlari uçun eng qulay şart-şaroitlarni yaratiş juda muhim sanaladi.
2023 yil 9 noyabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston prezidenti raisligida "Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari" şiori ostida Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 16-sammiti bölib ötdi.








