AQŞ oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati ustidan nazorat boşqarmasi (FDA) Traumagel deb nomlangan yangi gel preparatini tasdiqdan ötkazdi. U kuçli qon ketişini bir neça soniyada töxtatişga qodir.

Preparat Bruklindagi Cresilon kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Traumagel jarohatga bosim bermasligi va bir zumda ta’sir qilişi bilan jgut yoki doka bilan boğlaş kabi an’anaviy usullardan farq qiladi. Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, gel xavfsiz, çunki uni qöllaşda bemorning yarasi yoki qoniga bevosita tegilmaydi. Suv ötlari asosida yaratilgan preparat oldindan töldirilgan şpritslarda yetkazib beriladi.

Traumagel AQŞda foydalanişga ruxsat etilgan birinçi turdagi gel gemostatik vosita böldi. Jarohatga quyilganda gel qon ketişini tez töxtatadigan tabiiy qon laxtalari hosil bölişiga yordam beradi.

Preparat şu yilning özida Amerika dorixonalarida sotuvga çiqarilişi kutilmoqda.

Avvalroq Illinoys universiteti olimlari foydali içak mikroflorasini buzmaydigan yangi antibiotik işlab çiqqandi. Uşbu dori davolaniş paytida nojöya ta’sirlardan qoçiş imkonini beradi.