Qöşma Ştatlar ma’muriyati Ukrainaning Rossiya Federatsiyasiga qarşi mudofaa uruşidagi ehtiyojlari uçun qöşimça deyarli 8 milliard dollar (taxminan 7,2 milliard yevro) ajratadi. Bu haqda AQŞ prezidenti Jo Bayden 26 sentabr, payşanba kuni Oq uy veb-saytida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvi oldidan murojaatida ma’lum qildi.

Amerika prezidentining xabaridan körinib turibdiki, Bayden AQŞ Mudofaa vazirligiga avvalroq Kongress tomonidan ajratilişi ma’qullangan barça mablağlarni Ukrainaga yordam berişga yönaltirişni topşirgan. Xususan, 5,5 milliard dollar Ukrainani Pentagon arsenallaridan Amerika harbiy texnikasi bilan ta’minlaş, şuningdek, Ukraina arsenallarini yangi texnika bilan töldirişga yönaltiriladi.

Yana 2,4 milliard dollar Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam beriş taşabbusi doirasida Kiyevga harbiy texnika yetkazib beriş uçun ajratilgan: yangi havo hujumidan mudofaa tizimlari, şu jumladan yana bir Patriot tizimi va unga öq-dorilar, şuningdek, "havo-yer" sinfidagi raketalar va UUA. «Keyingi yil davomida Ukraina yana yuzlab qöşimça Patriot va AMRAAM raketalari bilan ta’minlanadi hamda Ukrainaga öz şaharlari va aholisini himoya qilişga yordam beriladi», — deyiladi Bayden bayonotida.

Mablağlar, şuningdek, Ukraina harbiy sanoatini mustahkamlaş uçun işlatiladi va şu yil oxirigaça yoki Baydenning prezidentlik muddati tugaşidan oldin, ya’ni 2025 yil 20 yanvargaça ajratilişi kerak.

Bayden Kiyevga qisqaroq masofadagi variantni taklif qildi

Ukrainaning uzoq masofaga uçiş qobiliyatini oşiriş uçun Oq uy rahbari ukrainlarga 110 km masofadagi nişonlarni urişga qodir JSOW qanotli bombalarini yetkazib berişga qaror qildi — bu ATACMS raketalaridan ham kamroq. Bayden Ukraina Rossiya hududiga hujum qiliş uçun JSOW'dan foydalana oladimi yoki yöqmi, buni aniqlaştirmadi.

Bir kun avval Zelenskiy Bayden bilan yettilik guruhi (G7) va Ukraina yetakçilarining qöşma uçraşuvi çoğida uçraşgan edi. 26 sentabr oqşomida u Oq uyda AQŞ prezidenti bilan batafsilroq muzokaralar olib bordi. Zelenskiy unga «ğalaba rejasi»ni taqdim etişini aytgandi.