Xitoyda eng yangi atom suvosti kemasi may oyining oxiri — iyun oyi boşida çökib ketdi. Bu Vuxan şahri yaqinidagi kemasozlik zavodida sodir böldi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal (WSJ) va Reuters 26 sentabr, payşanba kuni manbalarga tayanib. Xitoy rasmiylari buni yaşirişga harakat qilgan.
WSJ va Reuters ma’lumotlariga köra, Zhou sinfidagi suvosti kemasi çökib ketdi — bu öz turidagi birinçi suvosti kemasi. U Wuachang kemasozlik zavodida China State Shipbuilding Corp. kompaniyasi tomonidan qurilgan. Suvosti kemasi oxirgi marta may oyining oxirida Yanszi daryosida payqalgan, u yerda dengizga çiqişdan oldin jihozlanayotgan edi. Iyun oyi boşida suvosti kemasini daryo tubidan kötariş uçun kranlar çökiş joyiga yetib kelgan, bundan Planet Labs sun’iy yöldoş suratlari darak beradi.


Maxfiylik pardasi ostida
Çökiş vaqtida suvosti kemasida yadro yonilğisi bölgan yoki bölmagani noma’lum, ammo bu ehtimoldan yiroq emas, deydi WSJ manbalari. Favqulodda vaziyatdan keyin suv namunalari olingani haqida heç qanday belgilar yöq. Şuningdek, hodisa natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar töğrisida ma’lumot taqdim etilmagan.
«Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuçlari özining yangi sinfdagi yadroviy hujumkor suvosti kemasi çökib ketganini yaşirişga urinayotgani ajablanarli emas. Maşğulotlar standartlari va jihozlar sifatiga oid aniq savollardan taşqari, bu voqea Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining içki javobgarligi va uzoq vaqtdan beri korrupsiyadan aziyat çekkan Xitoy mudofaa sanoati ustidan nazorat haqida çuqurroq savollar tuğdiradi», dedi AQŞ Mudofaa vazirligidagi manba WSJ'ga bergan intervyusida.








