Isroil Livan hududiga yirik aviazarbalar seriyasi ortidan “Hizbulloh”ga qarşi quruqlik amaliyotini ötkazişini e’lon qildi. Dunyo mintaqada katta uruş boşlanişidan xavotirda. Siyosatşunos Bektoş Berdiyev Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida Yaqin Şarqdagi eskalatsiya haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Isroil Livan hududiga 1978, 1982 va 2006 yillarda bostirib kirgan. “Hizbulloh” guruhi esa 1982 yildagi bosqin vaqtida, isroilliklarga qarşi turiş uçun taşkil etilgan. Şunga köra, ehtimoliy katta uruş boşlangan taqdirda, bu uçinçi Isroil–“Hizbulloh” uruşi böladi.
“Isroil hozirgi uruşda Livanning janubidan mamlakat içkarisiga qoçib ketgan hizbullohçilarni tutiş yoki ularni jismoniy yöq qiliş uçun Bayrut atrofigaça borişi mumkin, lekin butunlay avvalgidek Bayrutni bosib oliş va hokazolarni amalga oşirişi qiyin, çunki bugun xalqaro hamjamiyatning, ayniqsa ittifoqçisi AQŞning bosimi bunga yöl qöymasa kerak”, – deydi Bektoş Berdiyev.
Uning sözlariga köra, “Hizbulloh” tarkibiga Suriya, Iroq, Eron va boşqa arab davlatlaridan, umuman şia dunyosidan askarlarning kirib kelişi doimiy davom etadi. Rasmiy jihatdan bu davlatlar uruşga aralaşmaydi.
BMT Boş Assambleyasida qatnaşiş uçun AQŞga borgan Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon öz intervyusida Eron uruşni istamasligini ta’kidladi. Çeklangan darajada bölsa ham javob çoralari bölişi haqida söz yuritmadi. Berdiyevga köra, Eron xalqaro izolyatsiyadan çiqib oliş uçun ham bu jarayonga aralaşmaslikni afzal bilmoqda. Şu bilan birga, yaşirin ravişda “Hizbulloh”ni qöllaşda davom etadi. “Hizbulloh” Eronning qöllovisiz hozirgi mablağ, qurol-yaroğ, raketalarga ega böla olmasdi. Bularning barçasi qarşilik öqi – Eron yetakçiligidagi şia dunyosi tomonidan yetkazib beriladi.
“Yetkazib berilayotgan birorta raketada Eronning belgilari uçramaydi. Ularning hammasi “Hizbulloh” va boşqa şia guruhlari uçun alohida işlab çiqariladi va yaşirin tarzda yetkazib beriladi”, – deydi u.
Tahlilçiga köra, hozirda Livan janubidan Isroilga uçirilayotgan raketalarning 95 foizini “Moviy gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi urib tuşiryapti. Isroil qöllayotgan raketalar va aqlli bombalar esa yuqori aniqlikda nişonlarni uryapti. “Hizbulloh”ning arsenalidagi raketalarni asosan “yer-yer” tipidagi raketalar taşkil etadi, şu sababli Isroilning F-16, F-35 samolyotlari Livan hududiga qarşiliksiz kirib, bombalaşni amalga oşira olyapti.
“Hizbulloh”da tanklar va gaubitsalar ham yöq. Isroilda esa uruşda qöllanadigan 30 dan ortiq turdagi eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bor. “Hizbulloh” ruhan baquvvat taşkilot, lekin texnologik jihatdan emas, deydi Bektoş Berdiyev.








