“Hizbulloh” guruhi özining rahbari Hasan Nasrulloh öldirilgani haqidagi Isroil da’volarini tasdiqladi. Ma’lum qilinişiça, Nasrulloh 27 sentabr kuni Isroilning Bayrutga yöllagan zarbalari oqibatida halok bölgan.

“Tsionistlarning janubiy hududlarga bosqinidan söng [...] vatandoşlarga hamdardlik va ta’ziya izhor etamiz. “Hizbulloh” rahbariyati [...] duşmanga qarşi kuraşiş, Ğazo va Falastinni qöllab-quvvatlaş, Livan va uning sobit va hurmatli xalqini himoya qilişda janglarni davom ettirişga va’da beradi”, – deya guruhning bayonotini keltirmoqda Al-Jazeera.

Isroil armiyasi juma kuni keçqurundan buyon “Hizbulloh”ning 140 dan ortiq nişonlariga zarba bergan. Jumladan, “Bayrut hududidagi turar-joy binolari ostidagi” infratuzilma obektlariga ham zarba berilgan.

Bayrutga hujumlarning sönggi tölqini Livan poytaxtining ziç joylaşgan janubiy çekkasidagi köplab turar-joy binolarini vayron qilgan. Natijada minglab odamlar uylarini taşlab köçalarga çiqişga majbur bölmoqda.

Avvalroq Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Bayrutga bergan zarbalari natijasida “Hizbulloh” harakati rahbari Hasan Nasrulloh, “Hizbulloh” janubiy fronti qömondoni Ali Karki va guruhning boşqa qömondonlari yöq qilingani haqida bayonot bergan edi.