Rossiyaning agressiv uruşi tufayli bedarak yöqolgan ukrainaliklar röyxatida hozirda 55 ming kişi bor, ularning aksariyati harbiylardir. Bu haqda 26 sentabr kuni Ukraina içki işlar vaziri örinbosari Leonid Timçenko «Ukrinform» naşriga ma’lum qildi.
«Bu körsatkiç ança dinamik: bedarak yöqolganlarning joylaşuvi aniqlanganda, ba’zi hollarda fuqaro, masalan, asirlikda ekani ma’lum böladi», — dedi Timçenko va halok bölganlar vaqti-vaqti bilan bedarak yöqolgan deb topilganlar orasida aniqlanib borilişini qöşimça qildi.
Ukrainada 2023 yil may oyida bedarak yöqolgan fuqarolar töğrisidagi ma’lumotlar kiritila boşlangan yagona reyestr işga tuşirildi. Öşanda mamlakat Içki işlar vazirligi 23 ming kişi bedarak yöqolganini ma’lum qilgan. 2024 yil iyul oyida vazirlik ma’lumotlarni yangilab, reyestrga 42 ming ukrainalik kiritilgani haqida xabar berdi.









