Isroil Nasrullohning Bayrutdagi yerosti qarorgohiga 85 ga yaqin bomba, jumladan bunker uçun möljallangan bombalarni taşladi. Isroil armiyasi (TsAHAL) şuningdek, yerosti raketa omborlariga zarba berilganini ma’lum qildi.
Livandagi «Hizbulloh» şia harakati yetakçisi Hasan Nasrullohni yöq qiliş uçun yerosti markaziy qarorgohiga har biri 1 tonna oğirlikdagi 80 dan ortiq bomba taşlandi, deb yozdi Ynet.
Operatsiyaga Isroil harbiy-havo kuçlari 69-eskadronining F-15 qiruvçi samolyotlari boşçilik qilgan. Nasrullohning yöq qilingani e’lon etilganidan keyin Isroil harbiy-havo kuçlari qömondoni general-mayor Tomer Bar uçuvçilarni muvaffaqiyat bilan tabrikladi. Qömondon: «Biz har qanday odamga, istalgan joyga yetib boramiz va garovga olinganlar va şimol xalqini uyga qaytariş uçun qölimizdan kelganini qilamiz», dedi.
Maqsad Nasrullohni yöq qiliş bölgan operatsiyani Isroil tomoni 27 sentabr oqşomida ötkazdi. «Hizbulloh»ning Bayrutdagi turar-joy binosi ostida joylaşgan yerosti qarorgohiga zarba berildi.
Zarba berişdan oldin TsAHAL Bayrut çekkasidagi uçta uy aholisi bilan boğlanib, ularni evakuatsiyaga çaqirgan, çunki bu binolar «Hizbulloh» strategik inşootlari tepasida joylaşgan edi.
Bundan taşqari, TsAHAL «Hizbulloh»ning Dahiyadagi oltita bino ostida joylaşgan yerosti raketa omborlariga zarba berdi. Isroil harbiylariga köra, bu raketalarning uçiş masofasi «yuzlab kilometr»ga yetgan. Umuman olganda, 27 sentabr oqşomidan 28 sentabrgaça Isroil kuçlari «Hizbulloh»ning 140 dan ortiq obektlariga, şu jumladan raketa qurilmalariga zarba berdi.
Qayd qilinişiça, Bayrutga berilgan zarbada «Hizbulloh»ning janubiy qömondonligi rahbari Ali Karokiy ham halok bölgan. Şuningdek, Nasrullohning qizi Zaynab vafot etgani haqida ham xabar berildi.
«Hizbulloh» öz rahbarining ölimini tasdiqladi va Ğazo sektori, Falastin va Livan xalqini qöllab-quvvatlaş uçun «kuraşni davom ettirişga» va’da berdi.
Hasan Nasrulloh 64 yoşda edi. U 1992 yilda Isroil armiyasi Livan janubida avvalgi yetakçi Abbos al-Musaviyni yöq qilganidan keyin rahbarlikka kelgan.









