Rossiya prezidenti Vladimir Putin RFning yadro doktrinasiga özgartirişlar kiritilişi haqida gapirdi. Unga köra, Rossiya hududiga har qanday qurol, hatto dronlar yordamida hujum qilinsa ham, bu yadroviy javob uçun asos böladi. Xöş, bu qançalik real? Tahlilçi Şuhrat Rasul Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu boradagi öz fikrlari bilan bölişdi.

“Sovet davridan beri Kremldagi xavfsizlik kengaşi majlislari maxfiy tarzda ötkazilardi. Uzoq yillik bu an’ana 25 sentabr kuni buzilib, kengaş majlisi oçiq namoyiş etildi. Bu – Rossiya tomonidan qörqitiş uçun qilinayotgan tahdidlar hisoblanadi. Bu kabi bayonotlarga siyosatçilar işonmaydi.

Şu paytgaça yadro doktrinasidagi eng asosiy nuqta – Rossiyaga nisbatan ekzistensial xavf tuğilgandagina yadro qurolidan foydalanişi belgilangan edi. Endilikda esa noyadroviy davlat yadroviy davlatning kömagida oddiy qurollar bilan bölsa-da Rossiyaga hujum uyuştiradigan bölsa, bu yadro quroli bilan javob beriş uçun asos böladi. Putin mana şunday mujdani butun dunyoga oçiq-oşkora bayon qildi”, – deydi u.

Tahlilçining fikriça, bu tahdidning realligiga katta şubha mavjud. Çunki yadroviy qurollarning asosiy xususiyati – qörqitiş orqali tiyib turiş, ulardan foydalaniş esa ana şu xususiyatni yöqqa çiqaradi.

“Ertaga, indinga, 10 kun yo 20 kundan keyin Ukraina boş ştabi: “iye, mana, Rossiya endi bitta dron uçib ötsa ham, bizga yadro quroli qöllab yuborar ekan-da” deb, uruşni töxtatib qöyadimi? Yöq. Ular Ğarbdan talab qilinayotgan qurollarni oladigan bölsa, hozirgidan-da köproq şijoat bilan Rossiyaning içkarisida harbiy obektlarni urişda davom etaveradi”, – deydi Şuhrat Rasul.

Yadro doktrinasiga kiritiladigan özgartirişlar rasman kuçga kirişi uçun huquqiy jarayonlardan ötişi, aniqroği parlament tasdiqlaşi kerak. Suhbatdoşimizning sözlariga köra, parlamentdagi muhokamalarda özgarişlar deputatlarning taklifi asosida Putin aytganiga qaraganda yumşoqroq köriniş olişi ham ehtimoldan yiroq emas.

Suhbat davomida Şuhrat Rasul Rossiya yadro arsenalining qisqa tarixi, tarkibi va salohiyati haqida söz yuritdi. Suhbatning töliq şaklini videoda tomoşa qiling.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.